O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMIDA GENDER TENGLIK MASALALARI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida gender tenglikni ta’minlash masalalari kompleks tarzda tahlil etilgan. Tadqiqot davomida gender tenglik tushunchasining mohiyati, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan davlat siyosati va normativ-huquqiy asoslar yoritib berilgan. Shuningdek, ta’lim tizimida qizlar va o‘g‘il bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish borasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, mavjud muammolar va ularning ijtimoiy-pedagogik omillari ochib berilgan. Maqolada gender sezgir pedagogik yondashuvni joriy etish, o‘qituvchilarning gender savodxonligini oshirish hamda xotin-qizlarni ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim tizimida gender tenglikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Gender
Sexuality
and Education
Education
and Development Issues
Gender Studies in Language
Publication details
- Journal / source
- cyberleninka.ru
- Publication date
- 1 January 2026