HIND OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA GENDER STEREOTIPLARINING TIL ORQALI IFODALANISHI

Read full text
Authors: Gulnoza Karimbek qizi Nazrullayeva
Cited by: 0

Abstract

Bugungi globallashuv sharoitida gender tenglik jamiyat taraqqiyotining muhim mezoni sifatida e’tirof etilmoqda. Gender masalasi nafaqat huquqiy yoki ijtimoiy jihatdan, balki madaniy va kommunikativ jarayonlar orqali ham shakllanadi. Shu jihatdan ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynaydi, chunki ular orqali jamiyat a’zolarining dunyoqarashi, qadriyatlari va xulq-atvori shakllanadi. Hind ommaviy axborot vositalarida — filmlar, seriallar va reklamalarda — erkak va ayol obrazlari til orqali tasvirlanadi va bu gender stereotiplarining mustahkamlanishiga yoki yumshatilishiga ta’sir qiladi. Mazkur maqolada hindiy tilida ishlatiladigan leksik, grammatik va stilistik vositalar yordamida gender stereotiplari tahlil qilinadi, shuningdek, zamonaviy hind OAVda gender tenglik g‘oyalarining aks etishi va ularning jamiyat ongiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijalar media va ta’lim jarayonida gender tenglikni targ‘ib qilishda amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Gender Studies in Language Media Gender and Advertising Gender and Feminist Studies

Publication details

Journal / source
cyberleninka.ru
Publication date
1 January 2026