IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘SPIRINLARDA INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR NAMOYON BO‘LISHINING GENDER JIHATLARI

Read full text
Authors: O.U. Avlayev, U.K. Xaqberdiyeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o‘spirinlarda individual-tipologik xususiyatlarning gender kesimidagi namoyon bo‘lish qonuniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy-dinamik xususiyatlar orqali o‘g‘il va qiz o‘spirinlarda moslashuvchanlik, emotsionallik, ijtimoiy faollik va o‘zini boshqarish ko‘rsatkichlaridagi farqlar aniqlangan. Natijalar imkoniyati cheklangan o‘spirinlarning psixologik rivojlanishida gender omilining muhim determinanta sifatida namoyon bo‘lishini hamda ijtimoiy tajriba, kommunikativ ehtiyoj va emotsional reaksiyadagi tafovutlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Maqolada keltirilgan xulosalar ta’limiy hamda korreksion jarayonlarda genderga mos differensial yondashuvni qo‘llash zarurligini asoslaydi.

Fields of Study & Subjects

Disability Rights and Representation Psychology of Development and Education Inclusion and Disability in Education and Sport

Publication details

Journal / source
cyberleninka.ru
Publication date
1 January 2026
Language
UZ