BULLING – O‘SMIR QIZLAR MULOQOTIDAGI PSIXOLOGIK QIYINCHILIK OMILI SIFATIDA
Abstract
Bullingning o’smir qizlarning jamoada, jamiyatda muloqotiga bevosita o’z ta’sirini ko’rsatishi, hamda ushbu ishda bullingning o‘smir qizlar muloqotiga psixologik ta’siri tahlil qilinadi. O‘smirlik davri shaxsning ijtimoiylashuvi va emotsional rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, bu davrda tengdoshlar bilan muloqot yetakchi ahamiyat kasb etadi. Biroq bulling — ya’ni muntazam kamsitish, haqoratlash, masxara qilish va ijtimoiy chetlatish — ushbu jarayonga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda bullingning o‘smir qizlarning psixologik holatiga, o‘ziga ishonchiga va kommunikativ faolligiga salbiy ta’siri yoritiladi. Qizlarning emotsional sezgirligi va ijtimoiy bahoga bo‘lgan ehtiyoji bulling ta’sirini yanada kuchaytirib, muloqotdan chekinish, ijtimoiy xavotir, yolg‘izlik va depressiv holatlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Shuningdek, gender tengsizlik shakllanishiga sabab bo‘luvchi omillarni yuzaga keltiradi.
Fields of Study & Subjects
Bullying
Victimization
and Aggression
Child and Adolescent Psychosocial and Emotional Development
Workplace Violence and Bullying
Publication details
- Journal / source
- cyberleninka.ru
- Publication date
- 1 January 2026