O‘ZBEKISTON TURIZM SOHASIDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASHNING ETNOPSIXOLOGIK MODELI

Read full text
Authors: G.O. Saydaliyeva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston turizm sohasida shakllanayotgan gender paradokslar ijtimoiy-iqtisodiy hamda etnopsixologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida turizm ta’limi tizimida xotin-qizlar ulushi yuqori bo‘lishiga qaramay, real sektor va boshqaruv lavozimlarida ularning ishtiroki yetarli darajada emasligi asoslab beriladi. Gender nomutanosiblikning yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi an’anaviy ijtimoiy qarashlar, gender stereotiplari, “muvaffaqiyatdan qo‘rqish” sindromi, bandlik barqarorligi hamda xavfsizlik bilan bog‘liq psixologik omillar tahlil etiladi. Shuningdek, turizm sohasida gender tengligini ta’minlashga qaratilgan etnopsixologik yondashuvga asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Fields of Study & Subjects

Gender Diversity and Inequality Diverse Aspects of Tourism Research Gender and Feminist Studies

Publication details

Journal / source
cyberleninka.ru
Publication date
1 January 2026
Language
UZ