SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI IQTISODIY-EKOLOGIK OPTIMALLASHTIRISH IMKONIYATLARI BOʻYICHA JAHON TAJRIBASI TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada suv resurslaridan foydalanishni iqtisodiy va ekologik mezonlar asosida optimallashtirish masalalari jahon tajribasi asosida kompleks tahlil qilinadi. Iqlim oʻzgarishi jarayonlarining jadallashuvi, suv resurslarining tabiiy cheklanganligi hamda suvga boʻlgan ehtiyojning ortib borishi sharoitida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ilmiy-amaliy vazifaga aylanmoqda. Tadqiqotda rivojlangan mamlakatlarda suv resurslarini boshqarishda qoʻllanilayotgan zamonaviy yondashuvlar, jumladan, integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish, iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmlari va ekologik cheklovlarning uygʻunligi yoritiladi. Shuningdek, jahon tajribasi asosida Oʻzbekistonda suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish, suvni tejashga yoʻnaltirilgan boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish va barqaror ekologik muvozanatni taʼminlash imkoniyatlari ilmiy jihatdan baholanadi.
Fields of Study & Subjects
Water resources management and optimization
Environmental Science and Water Management
Water Resources and Sustainability
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- 1
- Pages
- 54–58
- Publication date
- 19 January 2026