JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIDAN OZOD ETILGAN SHAXSLARNI IJTIMOIY REABILITATSIYA QILISH VA MOSLASHTIRISH TUSHUNCHASI HAMDA IJTIMOIY ZARURATI
Abstract
Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga moslashtirish tushunchasining nazariy-huquqiy mohiyati ochib berilgan. Ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish kategoriyalarining mazmuni, oʻzaro bogʻliqligi hamda ularning jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarni jamiyatga qayta integratsiya qilishdagi oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvida uchraydigan asosiy muammolar — ish bilan taʼminlanish, ijtimoiy muhitga kirishish, huquqiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Maqolada ijtimoiy reabilitatsiyaning ijtimoiy zarurati jamoat xavfsizligini taʼminlash, takroriy jinoyatchilikning oldini olish hamda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari jazoni ijro etish tizimida ozod etilgan shaxslar bilan ishlashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish uchun nazariy asos boʻlib xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Criminal Justice and Penology
Criminal Justice and Corrections Analysis
Criminal Law and Policy
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- 1
- Pages
- 123–132
- Publication date
- 19 January 2026