ADVOKATNING IQTISODIY VA FUQAROLIK PROTSESSIDAGI ISHTIROKI: XORIJIY VA MILLIY QONUNCHILIK TAHLILI

Read full text
Authors: Malika Tollibaeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada advokatning iqtisodiy va fuqarolik protsessidagi ishtiroki masalasi xorijiy davlatlar tajribasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda advokatning protsessual maqomi, huquq va majburiyatlari, shuningdek taraflarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi roli keng yoritiladi. Xususan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda advokat ishtirokining majburiyligi, uning sud jarayonidagi mustaqilligi va professional standartlari tahlil qilinib, milliy qonunchilikdagi mavjud normalar bilan qiyosiy oʻrganiladi. Maqolada iqtisodiy va fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokat ishtiroki sud qarorlarining qonuniyligi va adolatliligini taʼminlashda muhim omil ekanligi ilmiy asoslanadi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikda uchrayotgan ayrim muammolar, jumladan, advokat vakolatlarining cheklanganligi yoki protsessual kafolatlarning yetarli emasligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish, advokatning protsessual imkoniyatlarini kengaytirish va sud himoyasining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va xulosalar ilgari suriladi.

Fields of Study & Subjects

Legal Systems and Judicial Processes Legal Education and Practice Innovations Legal processes and jurisprudence

Publication details

Journal / source
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
Volume
6
Issue
1
Pages
190–197
Publication date
19 January 2026