MEDIA YORDAMIDA IMIDJNING SHAKLLANISHI VA IJTIMOIY FIKR
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda ommaviy axborot vositalarining imidj shakllanishi va ijtimoiy fikrni yoʻnaltirishdagi oʻrni kompleks tahlil qilinadi. Media bugungi kunda nafaqat axborot tarqatuvchi mexanizm, balki shaxs, tashkilot, davlat va ijtimoiy guruhlar haqidagi tasavvurlarni yaratish va mustahkamlashda faol ishtirok etuvchi ijtimoiy institut sifatida namoyon boʻlmoqda. Tadqiqotda imidj tushunchasining mohiyati, uning turlari hamda media orqali shakllanish mexanizmlari yoritiladi. Maqolada agenda-setting, framing va cultivation nazariyalari asosida media kontentining jamoatchilik ongiga taʼsiri izohlanib, ijtimoiy fikrning qanday shakllanishi va boshqarilishi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Xususan, media orqali yaratiladigan ramkalar, vizual materiallar va axborotning taqdim etilish uslubi imidjga bevosita taʼsir koʻrsatishi koʻrsatib beriladi. Shuningdek, Oʻzbekiston va xalqaro tajriba misolida siyosiy, milliy, gender va brend imidjlarining media taʼsirida shakllanish jarayonlari amaliy misollar orqali ochib beriladi. Tadqiqot natijalari media savodxonligini oshirish va axborot maydonida ijtimoiy masʼuliyatni kuchaytirish zarurligini asoslaydi.
Fields of Study & Subjects
Media Studies and Communication
Media and Communication Studies
Journalism and Media Studies
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- 2
- Pages
- 154–161
- Publication date
- 18 February 2026
- Language
- UZ