XO’JALIK JAMIYATLARI BOSHQARUV ORGANLARI TIZIMIDA IJRO ORGANI: ROSSIYA FEDERATSIYASI MISOLIDA
Abstract
Maqolada xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari tizimi yoritiladi. Bunda majburiy va fakultativ organlar oʻrtasidagi farqlar, ularning tashkil etilish tartibi hamda jamiyat ustavida belgilanishining huquqiy ahamiyati tahlil qilinadi. Ayniqsa, umumiy yigʻilish, yakka ijro organi va ochiq aksiyadorlik jamiyatidagi direktorlar kengashining majburiy ravishda tuzilishi, shuningdek, kollegial ijro organi va taftish komissiyasining fakultativ xarakteri, ularni tashkil etish tartibi va ishtirokchilar qaroriga bogʻliqligi koʻrsatib oʻtiladi.Maqolada Rossiya Federatsiyasi tajribasi asosida tegishli normalar, aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisidagi qonunlar tahlil qilinib, korporativ boshqaruv organlarining vakolatlari, qaror qabul qilish tartibi va hisobdorligi masalalari yoritilgan. Xususan, kollegial organlarning qaror qabul qilishda qoʻllaniladigan ovoz berish mexanizmlari, kvorum talablari, direktorlar kengashining strategik boshqaruvdagi ahamiyati hamda yakka ijro organining joriy faoliyatni boshqarishdagi roli alohida oʻrin tutadi. Shu asosda maqolada xoʻjalik jamiyatlari ijro organining boshqaruv organlari tizimidagi oʻrni tahlil qilinadi.
Fields of Study & Subjects
Corporate Governance and Law
Corporate Finance and Governance
Legal Cases and Commentary
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- 2
- Pages
- 295–301
- Publication date
- 18 February 2026
- Language
- UZ