ROSSIYA IMPERIYASINING SIRDARYO VILOYATIGA AHOLINI KOʻCHIRISHDA MAHALLIY AHOLINING QARSHILIK HARAKATLARI (1890–1916-YILLAR)
Abstract
Ushbu maqola XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyatiga rus dehqonlarini koʻchirish siyosati va unga nisbatan mahalliy aholining koʻrsatgan qarshilik shakllarini tahlil qiladi. Tadqiqotda imperiyaning yer-suv islohotlari, 1891–1892-yillardagi iqtisodiy inqiroz va Stolypin islohotlari davridagi ommaviy yer musodaralari mahalliy aholining ijtimoiy-siyosiy noroziligiga sabab boʻlgan omillar sifatida koʻrib chiqiladi. Maqolada qarshilik harakatlarining evolyutsiyasi – huquqiy arizabozlik va lalmikor yerlardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishdan tortib, 1892-yilgi Toshkent isyoni va 1916-yilgi umumxalq qoʻzgʻolonigacha boʻlgan jarayonlar arxiv manbalari va zamonaviy tarixshunoslik asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari mustamlakachilik siyosatining mintaqadagi anʼanaviy turmush tarziga tajovuzi muqarrar ravishda qurolli toʻqnashuvlarga olib kelganini isbotlaydi.
Fields of Study & Subjects
Soviet and Russian History
Land Rights and Reforms
Colonial History and Postcolonial Studies
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- 3
- Pages
- 29–32
- Publication date
- 15 March 2026
- Language
- UZ