PAZANDACHILIK MADANIYATI VA SALOMATLIK FALSAFASI: VOZEHNING “KONI LAZZAT XONI NEʼMAT” ASARIDA TAOMLARNING TIZIMLASHTIRILISHI

Read full text
Authors: Saodat Abdullayev
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada XIX asr Buxoro maʼrifatparvarlik muhitining koʻzga koʻringan vakili Qori Rahmatulloh Vozehning “Koni lazzat va xoni neʼmat” asari ijtimoiy-falsafiy va manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarning yozilish sabablari, muallif foydalangan asosiy fundamental tibbiyotga oid manbalar hamda taomlarning tizimlashtirilish tamoyillari yoritilgan. Vozehning pazandachilikka oid tarqoq retseptlarni yagona tartibga solish orqali amalga oshirgan bibliografik yangiligi, shuningdek, taomlarning inson salomatligiga taʼsiri, foyda va zararlari haqidagi qarashlari ochib beriladi. Maqolada asarning nafaqat oshpazlik qoʻllanmasi, balki XIX asr Markaziy Osiyo xalqlari turmush tarzini oʻrganuvchi muhim etnografik va profilaktik tibbiyotga oid manba ekanligi ilmiy tomondan isbotlashga harakat qilinadi.

Fields of Study & Subjects

Food Nutrition and Cultural Practices History of Medicine Studies Cultural and Sociopolitical Studies

Publication details

Journal / source
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
Volume
6
Issue
3
Pages
96–99
Publication date
15 March 2026
Language
UZ