JONLI SOʻZLASHUV NUTQIDA SOʻZ TARTIBINING LINGVOPOETIK VA LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Read full text
Authors: Anvar Sobirov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada jonli soʻzlashuv nutqida soʻz tartibining lingvistik, lingvopragmatik va lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Oʻzbek tilida soʻz tartibi nisbatan erkin deb qaralishiga qaramay, uning kommunikativ jarayondagi funksional imkoniyatlari keng ekani asoslab beriladi. Jonli dialogik nutq materiallari asosida ega, kesim, toʻldiruvchi va holning joylashuvi, inversiya hodisasi, ellipsis va kiritma birliklarning sintaktik pozitsiyasi koʻrib chiqiladi. Soʻz tartibining tema–rema munosabatini shakllantirishdagi, mantiqiy urgʻuni belgilashdagi hamda emotsional-ekspressiv taʼsirni kuchaytirishdagi roli yoritiladi. Tadqiqot natijasida jonli nutqda soʻz tartibi grammatik hodisa bilan bir qatorda pragmatik va lingvopoetik vosita sifatida namoyon boʻlishi aniqlanadi.

Fields of Study & Subjects

Language Discourse Communication Strategies Linguistic research and analysis Linguistics and Discourse Analysis

Publication details

Journal / source
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
Volume
6
Issue
3
Pages
155–159
Publication date
15 March 2026
Language
UZ