UMAR XAYYOM SHEʼRIYATINING GʻOYAVIY-MAZMUNIY MOHIYATI VA ULARNING TARJIMADAGI TALQINI

Read full text
Authors: Diyora A. Ishankulova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Umar Xayyom ruboiylarining falsafiy-badiiy xususiyatlari hamda ularning ingliz tiliga tarjima jarayonidagi mazmun–shakl muvozanati masalasi konseptual-semantik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoir ruboiylaridagi umrning oʻtkinchiligi, hayot va oʻlim, insonning borliqdagi markaziy maqomi, baxt va shodlik falsafasi kabi umuminsoniy gʻoyalar yoritilgan. Shuningdek, ingliz tarjimalarida, xususan, Edward FitzGerald talqinlarida falsafiy yadroni saqlash ustuvor boʻlgani, biroq ayrim hollarda poetik shakl va ramziy qatlamning soddalashtirilgani ilmiy asosda koʻrsatib berilgan. Maqolada ruboiylarning yuqori semantik zichlikka ega janr sifatidagi oʻrni hamda ularning Sharq va Gʻarb adabiy makonidagi qabul qilinishi qiyosiy-tahliliy metod asosida baholanadi. Tadqiqot natijalari Umar Xayyom ruboiylarini tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan koʻp qatlamli va dolzarb ilmiy obyekt sifatida talqin etish imkonini beradi.

Fields of Study & Subjects

Translation Studies and Practices Comparative and World Literature Turkish Literature and Culture

Publication details

Journal / source
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
Volume
6
Issue
3
Pages
169–174
Publication date
15 March 2026
Language
UZ