SUNʼIY INTELLEKT YORDAMIDA KIBERHUJUMLARNI ANIQLASH VA OLDINI OLISH
Abstract
Raqamli makonda kechayotgan kiberjinoyatchilik xavfi tobora murakkablashmoqda. Ushbu maqola kibermakonda uchraydigan xavflarni nazariy va amaliy nuqtai nazardan oʻrganadi: zararli dasturlar, soxta veb-resurslar, ijtimoiy manipulyatsiya orqali maʼlumotlarni oʻgʻirlash va foydalanuvchi xatti-harakatlarini kompleks monitoring orqali aniqlanadigan xavflarni tahlil qiladi. Asosiy eʼtibor sunʼiy intellekt (SI) yordamida bu xavflarni oldinroq aniqlash, foydalanuvchi faoliyatining kontekstual omillarini hisobga olish va xavfsizlik choralarini takomillashtirishga qaratilgan. Maqola quyidagi yoʻnalishlarni yoritadi: SI metodlari orqali anomal hodisalarni aniqlash, foydalanuvchi xatti-harakatlarini oʻrganish orqali profil yaratish, xavf signalini real vaqt rejimida tahlil etish va ogohlantirish jarayonlarini optimallashtirish, koʻp qatlamli xavfsizlik arxitekturasi asosida tizim xavfsizligini mustahkamlash, foydalanuvchi xabardorligini oshirish uchun moslashtirilgan bildirishlar va taʼlimiy materiallar yaratish. Shuningdek, maqolada SI tizimlarining xavfli jihatlari, identifikatsiya va autentifikatsiya bilan bogʻliq cheklovlar, shu bilan bir qatorda xavfsizlik siyosatlarining muhimligi muhokama qilinadi. Bu usullar jinoyatlarni aniqlash va oldini olishda muhimdir. Shu bilan birga, mavjud vaziyatni yaxshilash, kiberjinoyatlarni oldini olish va ularga javobgarlikni belgilash boʻyicha qonunchilikka takliflar taqdim etilgan.
Fields of Study & Subjects
Network Security and Intrusion Detection
Information and Cyber Security
Spam and Phishing Detection
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- 3
- Pages
- 277–281
- Publication date
- 15 March 2026
- Language
- UZ