OʻZBEKISTON KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA SUKUK INSTRUMENTLARINING INSTITUTSIONAL ROLI

Read full text
Authors: Farrux Mamatmurodov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida kapital bozorini rivojlantirishning zamonaviy konsepsiyasi 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnoma kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sukuk instrumentlarining kapital bozorini institutsional jihatdan chuqurlashtirishdagi roli huquqiy va qiyosiy yondashuv asosida ochib beriladi. Sukukning iqtisodiy-huquqiy tabiati, uning anʼanaviy obligatsiyalardan farqli jihatlari, aktivga asoslanganlik va risklarni taqsimlash mexanizmi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolik va qimmatli qogʻozlar qonunchiligidagi mavjud cheklovlar — mulk huquqining yagonaligi, beneficial ownership institutining mavjud emasligi hamda SPV mexanizmining huquqiy maqomi masalalari koʻrib chiqiladi. Malayziya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida milliy institutsional model taklif etiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, sukuk kapital bozorining diversifikatsiyasi, investor bazasining kengayishi va uzoq muddatli moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirishda muhim instrument sifatida baholanadi hamda qonunchilikka aniq takliflar ishlab chiqiladi.

Fields of Study & Subjects

Islamic Finance and Banking Studies Finance Markets and Regulation finance banking and market dynamics

Publication details

Journal / source
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
Volume
6
Issue
3
Pages
282–289
Publication date
15 March 2026
Language
UZ