PROFESSIONAL TAʼLIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA BOʻLAJAK MUTAXASSISLARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA STRATEGIK YONDASHUVNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada professional taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni, ularning taʼlim sifati va samaradorligini oshirishdagi oʻrni hamda zamonaviy taʼlim muassasalarini boshqarishda strategik yondashuvning ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan. Xususan, professional taʼlim tizimini modernizatsiya qilish sharoitida strategik boshqaruvning asosiy vazifalari, uning taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash hamda taʼlim muassasalarining barqaror rivojlanishini taʼminlashdagi oʻrni asoslab berilgan. Shuningdek, professional taʼlim muassasasining pedagogik strategiyasi tushunchasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy komponentlari, maqsad va vazifalari hamda taʼlim jarayonini uzoq muddatli rivojlantirishga yoʻnaltirilgan konseptual asoslari tizimli ravishda tahlil qilingan. Maqolada professional taʼlim muassasalarida pedagogik strategiyani ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etishning zaruriyati, bu jarayonning taʼlim sifati, pedagogik faoliyat samaradorligi hamda boʻlajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shu bilan birga, pedagogik strategiyani ishlab chiqish professional taʼlim muassasalarining innovatsion rivojlanishini taʼminlash, zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashish hamda taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi taʼkidlangan.
Fields of Study & Subjects
Educational and Organizational Development
Vocational Education and Training
Education and Professional Development
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- 3
- Pages
- 339–348
- Publication date
- 15 March 2026
- Language
- UZ