JURNALISTLARNI TAYYORLASHDA NUTQ MADANIYATI KOMPETENSIYALARINING STRUKTURASI
Abstract
Ushbu maqolada jurnalistlarni tayyorlash jarayonida nutq madaniyati kompetensiyalarining nazariy asoslari va strukturaviy tuzilishi tahlil qilinadi. Nutq madaniyati jurnalist kasbiy tayyorgarligining markaziy komponenti sifatida koʻrib chiqilib, uning lingvistik, stilistik, ritorik, kommunikativ-pragmatik va psixologik jihatlari ochib beriladi. Tadqiqotda nutq madaniyati faqat til meʼyorlariga rioya qilish emas, balki auditoriyaga taʼsir koʻrsatish, ijtimoiy masʼuliyat va axloqiy ong bilan bogʻliq kompleks kompetensiya sifatida talqin qilinadi. Olingan natijalar jurnalistik taʼlim tizimida nutq madaniyatini shakllantirishda integrativ va fanlararo yondashuv zarurligini asoslaydi.
Fields of Study & Subjects
Journalism and Media Studies
Linguistics and Discourse Analysis
Language
Communication
and Linguistic Studies
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- S/1
- Pages
- 173–181
- Publication date
- 3 February 2026