O‘ZBEK TILIDA SON VA SIFAT SO‘Z TURKUMLARINI POS TEGLASH ASOSIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH TAMOYILLARI

Read full text
Authors: Xudayberganov Nizomaddin Uktambay oʻgʻli, Shaxinabonu Mansurova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu tadqiqotda oʻzbek tili darslarida son va sifatlarni oʻrgatishda POS (Part-of-Speech) teglashning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – oʻquvchilarga son va sifatlarning grammatik xususiyatlarini samarali tushuntirish va ularni matnda toʻgʻri qoʻllashni taʼminlash uchun POS-teglash metodikasini ishlab chiqishdir.Tadqiqot doirasida POS-teglash vositalaridan foydalangan holda matn bazasi tayyorlandi va oʻquvchilarning grammatik xatolari hamda tushunish darajasi pre-test va post-test usullari orqali baholandi. Metodologiya avtomatik teglash vositalari bilan qoʻlda tekshirishni integratsiyalashni oʻz ichiga oladi. Tajriba natijalari shuni koʻrsatdiki, POS-teglash asosida son va sifatlarni oʻrgatish anʼanaviy metodlarga nisbatan samaradorligi yuqoriroq boʻlib, oʻquvchilarning metalingvistik ongini rivojlantirish va xatolarni aniqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.Maqolada interaktiv darslar, raqamli mashqlar va xatolar tahlili kabi amaliy tavsiyalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari asosida oʻqituvchilar va taʼlim muassasalari uchun POS-teglash asosida son va sifatlarni oʻrgatish boʻyicha amaliy yoʻriqnoma ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Language Acquisition and Education Natural Language Processing Techniques

Publication details

Journal / source
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
Volume
6
Issue
S/1
Pages
188–193
Publication date
3 February 2026