HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI BELGILAB BERUVCHI UMUMIY VA SOHAVIY-HUQUQIY HUJJATLAR TAHLILI

Read full text
Authors: Тиллаев Икром Рустамжонович
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasini belgilab beruvchi umumiy va sohaviy-huquqiy hujjatlar tizimli tahlil qilingan. Muallif profilaktika faoliyatining samaradorligi, eng avvalo, uning huquqiy asoslarini toʻgʻri belgilash va ularni amaliyotga izchil joriy etishga bogʻliq ekanini ilmiy asosda yoritib beradi. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hamda IIVning meʼyoriy-huquqiy hujjatlari tahlil qilinib, ularning huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlashdagi oʻrni, ahamiyati va oʻzaro uygʻunlik darajasi baholangan. Maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi normativ-huquqiy bazaning tahlili orqali mavjud muammo va kamchiliklar — normalarning takrorlanishi, oʻzaro nomuvofiqlik va huquqiy boʻshliqlar mavjudligi aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Shuningdek, umumiy (Konstitutsiya, xalqaro hujjatlar) va sohaviy (kodekslar, maxsus qonunlar) huquqiy hujjatlar oʻrtasidagi bogʻliqlik ochib berilgan hamda profilaktika sohasidagi huquqiy asoslarni kodekslashtirish zarurati asoslab berilgan. Muallifning fikricha, huquqbuzarliklar profilaktikasining huquqiy poydevori faqat milliy qonunchilik bilan cheklanmasdan, xalqaro standartlar va inson huquqlarini taʼminlovchi prinsiplar bilan uygʻunlashgan holda takomillashtirilishi lozim. Tadqiqot natijalari profilaktika sohasidagi huquqiy siyosatni yanada takomillashtirish, davlat va jamiyat institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Criminal Justice and Penology Criminal Law and Policy Legal and Policy Issues

Publication details

Journal / source
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
Volume
6
Issue
S/1
Pages
355–362
Publication date
3 February 2026