5-SINF OʻQUVCHILARINING ANTROPOMETRIK TOTAL KOʻRSATKICHLARINI OʻRGANISH BOʻYICHA TADQIQOT BOSHIDA OLINGAN NATIJALAR TAHLIL
Abstract
Mazkur maqolada 5-sinf oʻquvchilarining antropometrik total koʻrsatkichlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotning boshlangʻich bosqichida olingan natijalar tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida oʻquvchilarning boʻy uzunligi, tana massasi, koʻkrak qafasi aylanasi hamda tana massasi indeksi kabi asosiy somatik rivojlanish koʻrsatkichlari oʻlchandi va ularning yosh meʼyorlariga muvofiqligi baholandi. Olingan maʼlumotlar orqali oʻquvchilarning jismoniy rivojlanish darajasi, oʻsish surʼatlari hamda individual farqlanishlari aniqlanib, ular sogʻlom jismoniy rivojlanish mezonlari bilan solishtirildi. Tadqiqot natijalari 5-sinf oʻquvchilarining muayyan qismida jismoniy rivojlanish koʻrsatkichlarining meʼyordan chetlanishi mavjudligini koʻrsatdi, bu esa ularning sogʻligʻini mustahkamlash, jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini individuallashtirish va pedagogik nazoratni kuchaytirish zarurligini asoslab beradi. Mazkur tadqiqot boshlangʻich maʼlumotlari keyingi bosqichlarda oʻquvchilarning jismoniy rivojlanish dinamikasini baholash hamda taʼlim muhitida sogʻlomlashtiruvchi choralarni takomillashtirish uchun ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Human Health and Disease
Physical Education and Training Studies
School Health and Nursing Education
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- S/1
- Pages
- 388–393
- Publication date
- 3 February 2026