TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI AHOLISINING IJTIMOIY HAYOTI

Read full text
Authors: Akram Sattarov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada Turkiston general-gubernatorligi davrida aholi ijtimoiy hayotining asosiy jihatlari, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va turmush tarzidagi oʻzgarishlar keng tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida hududda joriy etilgan maʼmuriy boshqaruv tizimining mahalliy aholi kundalik hayotiga taʼsiri, ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari hamda turli ijtimoiy qatlamlar oʻrtasidagi munosabatlar yoritib beriladi. Maqolada shuningdek taʼlim, madaniyat, kasb-hunar, savdo va mehnat faoliyatidagi yangilanishlar hamda ularning jamiyat rivojiga koʻrsatgan taʼsiri tarixiy manbalar asosida ochib beriladi. Turkiston hududida yashagan mahalliy xalqlar va koʻchirib keltirilgan aholi guruhlarining oʻzaro aloqalari, ijtimoiy moslashuv jarayonlari va ularning natijalari ilmiy yondashuv asosida baholanadi. Tadqiqot natijalari mintaqa ijtimoiy tarixini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Soviet and Russian History Eurasian Exchange Networks Cultural History and Identity Formation

Publication details

Journal / source
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
Volume
6
Issue
S/2
Pages
28–33
Publication date
1 March 2026
Language
UZ