SURXONDARYO VILOYATI MUZEYLARI VA TURIZM SALOHIYATINING SHAKLLANISHIDA: TERMIZ OʻLKASHUNOSLIK MUZEYINING OʻRNI
Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati, tarixiy-madaniy merosi hamda Termiz oʻlkashunoslik muzeyining shakllanish va rivojlanish jarayoni yoritilgan. Maqolada XX asr boshlarida Oʻzbekiston hududida yuz bergan madaniy-siyosiy oʻzgarishlar, oʻlkashunoslik harakatlarining kengayishi va muzeylar tizimining barpo etilishi haqida ilmiy manbalar asosida tahliliy fikrlar keltirilgan. Ayniqsa, G.V. Parfyonov, M.E. Masson, S.K. Kabanov kabi olimlarning Surxondaryo hududidagi arxeologik izlanishlari natijasida topilgan nodir eksponatlarning Termiz oʻlkashunoslik muzeyi fondini boyitishdagi ahamiyati taʼkidlangan. Shuningdek, maqolada muzey faoliyatining viloyatda turizmni rivojlantirish, tarixiy xotirani asrash va yosh avlodni maʼnaviy tarbiyalashdagi oʻrni tahlil etilgan.
Fields of Study & Subjects
Museums and Cultural Heritage
Archaeology and Cultural Heritage
Cultural Heritage Management and Preservation
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- S/2
- Pages
- 39–43
- Publication date
- 1 March 2026
- Language
- UZ