KONFUTSIYLIK TAʼLIMOTIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI
Abstract
Mazkur maqolada Konfutsiylik taʼlimotida jamiyat aʼzolarining ijtimoiy farovonligini taʼminlashga oid qarashlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Unda Konfutsiy falsafasida axloqiy meʼyorlar, insonparvarlik, oʻzaro hurmat va ijtimoiy burch tushunchalarining jamiyatdagi himoya mexanizmlarini shakllantirishdagi oʻrni ochib beriladi. Taʼlimotda davlat boshqaruvi va shaxsiy masʼuliyat uygʻunligi, aholining ehtiyojmand qatlamlariga gʻamxoʻrlik qilish gʻoyalari muhim ijtimoiy tamoyil sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, oilaviy qadriyatlar va axloqiy tarbiyaning ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashdagi ahamiyati yoritiladi. Maqola Konfutsiylik taʼlimotining ijtimoiy himoya konsepsiyasi va uning zamonaviy jamiyat uchun nazariy ahamiyatini asoslashga qaratilgan.
Fields of Study & Subjects
Chinese history and philosophy
Philosophy
Sociology
Political Theory
Values and Moral Education
Publication details
- Journal / source
- Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
- Volume
- 6
- Issue
- S/2
- Pages
- 50–53
- Publication date
- 1 March 2026
- Language
- UZ