PESHLAVHALARNING TIL XUSUSIYATLARI VA IMLO MUAMMOLARI XUSUSIDA

Read full text
Authors: Sunnatilla Eshqulov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada oʻzbek tilshunosligi muammolariga, xususan, peshlavhalarning til xususiyatlari va imlo muammolari masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Tadqiqotning maqsadi peshlavhalar tilining xususiyatlari va imlo muammolari tahlil qilish asosida peshlavhalar (tashqi yozuvlar)ning oʻziga xos xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. Tadqiqotda quyidagi ilmiy tahlil metodlaridan foydalanilgan: lingvistik tavsiflash, sistem, statistik, kontekstual tahlil usullari. Tadqiqot mavzusiga doir ilmiy adabiyotlarni tahlil qilishda lingvistik tahlil usulidan foydalanilgan. Statistik tahlil oʻzbek tili tashqi yozuvlarida peshlavhalarining oʻrin olishi, aks etish xususiyatlarini oʻrganishda keng foydalanilgan. Tadqiqot natijalari quyidagi ilmiy va amaliy xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini berdi: peshlavhalar matnlarini tahlil qilish, imlo bilan bogʻliq muammolarni tartibga solishga va toʻgʻri yozishga yordam beradi. Xususan, oʻzbek tilshunosligida peshlavha va tashqi yozuvlar oʻrtasidagi aloqadorlik masalalari, peshlavhalarning oʻziga xos xususiyatlari kabi masalalar oʻz dolzarbligiga ega; oʻzbek tili tashqi yozuvlarida peshlavhalarning oʻrin egallashi, aks etishi quyidagi usullarda namoyon boʻldi: oʻzbek tili xalqning kundalik hayotida muhim oʻrin egallashi, oʻzbek tilining taraqqiy etishi bilan peshlavhalarning tashqi yozuvlarda aks etishi va ommaviy tus olishi. Sirdaryo viloyatidagi tashqi yozuv va peshlavhalar maqolaning illyustrativ materiali sifatida xizmat qilgan.

Fields of Study & Subjects

Turkic and Altaic Linguistics Linguistics and Language Studies Linguistic research and analysis

Publication details

Journal / source
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences
Volume
6
Issue
S/2
Pages
130–134
Publication date
1 March 2026
Language
UZ