RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA TURIZM KORXONALARINI SAMARALI BOSHQARISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Read full text
Authors: Muxammadamin Mamanov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur tadqiqotda raqamli transformatsiya jarayonida turizm korxonalarini samarali boshqarishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida menejment tizimlari tubdan o‘zgarib, korxonalar faoliyatida innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ishda PMS va CRM tizimlari, internet acquiring, big data hamda sun’iy intellekt kabi texnologiyalarning turizm korxonalarida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba va global standartlar (UN Tourism, WTTC) asosida boshqaruv samaradorligini oshirishning metodik yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Amaliy qismda O‘zbekistondagi turizm korxonalarining raqamli transformatsiya jarayonidagi tajribasi o‘rganilib, xizmat sifatini yaxshilash va raqobatbardoshlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari turizm menejmentida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali samaradorlikni oshirish, innovatsion rivojlanishni ta’minlash va xalqaro integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan.

Fields of Study & Subjects

Digital Innovation in Industries Diverse Aspects of Tourism Research Hospitality and Tourism Education

Publication details

Journal / source
YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
Volume
2
Issue
1
Pages
14–18
Publication date
13 January 2026