KIBER MAKONDA ERKINLIK VA XAVFSIZLIKNING ETIK CHEGARALARI
Abstract
Ushbu tezis kiber makonda shaxsiy erkinlik va xavfsizlik konsepsiyalarining murakkab o‘zaro bog‘liqligini va ularning etik chegaralarini tahlil qiladi. Bugungi raqamli davrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi, internetda so‘z erkinligi, hamda xavfsizlikni ta’minlash masalalari global miqyosda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot kiber-makonda erkinlik va xavfsizlikni muvozanatlash usullarini aniqlashga, etik me’yorlar va normativ-huquqiy asoslarni chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Tezisda nazariy-analitik yondashuvlar, zamonaviy texno-falsafiy konsepsiyalar hamda amaliy tadqiqotlar asosida kiber makondagi inson huquqlari va xavfsizlikni tartibga soluvchi mexanizmlar o‘rganiladi. Shuningdek, tezisda etik dilemma va paradokslar hamda ularning ijtimoiy-falsafiy va texnologik jihatdan yechim topish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Fields of Study & Subjects
Digitalization
Law
and Regulation
Freedom of Expression and Defamation
Privacy
Security
and Data Protection
Publication details
- Journal / source
- YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
- Volume
- 2
- Issue
- 1
- Pages
- 19–24
- Publication date
- 13 January 2026