“UZUKLAR HUKMDORI" ROMANIDA ARXAIK EPOS ANʼANALARI RIVOJI
Abstract
Ushbu tadqiqot J.R.R. Tolkinning “Uzuklar hukmdori” romanida arxaik epos an’analari qanday saqlanib qolishi va zamonaviy fantastik roman poetikasi doirasida qanday rivojlanishini tahlil qiladi. Asarda qadimgi epik tafakkurga xos mifologik struktura, qahramonlik arxetiplari, “ezgulik–yovuzlik” qarama-qarshiligi, qismat va sinov motivlari hamda epik uslub (monumental tasvir, patetika, tarixiylik illuziyasi)ning badiiy funksiyasi yoritiladi. Roman syujeti va obrazlar tizimi german-skandinav eposi, xalq og‘zaki ijodi va afsonaviy rivoyatlar bilan uyg‘unlashgan holda ko‘rib chiqilib, Tolkien epik merosni qayta talqin qilish orqali yangi, tizimli mifopoetik olam yaratgani asoslanadi. Natijada “Uzuklar hukmdori” epik an’analar davomiyligini ta’minlagan holda, ularni zamonaviy estetik mezonlar, janr talablari va badiiy konsepsiya bilan boyitgan asar sifatida baholanadi.
Fields of Study & Subjects
Folklore
Mythology
and Literature Studies
Themes in Literature Analysis
Historical
Literary
and Cultural Studies
Publication details
- Journal / source
- YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
- Volume
- 2
- Issue
- 1
- Pages
- 25–27
- Publication date
- 13 January 2026