YAPONIYADA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI RAHBARLARINI TAYYORLASH VA QAYTA TAYYORLASH TIZIMINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Abstract
Maktabgacha ta’limda yetakchilik ta’lim sifati va umuman muassasa samaradorligini ta’minlashning hal qiluvchi omillaridan biri sifatida tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning o‘ziga xos tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u yuqori malaka talablari, uzluksiz kasbiy rivojlanish va boshqaruv tizimi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada mazkur rahbarlarni tayyorlashning yapon modelining asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Bu statistik ma’lumotlar va dasturiy hujjatlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Malakaga ega bo‘lish bosqichlari, qayta tayyorlash mexanizmlari, sifatni ta’minlash tartibi, madaniy qadriyatlarning rahbarlik faoliyatiga ta’siri kabi masalalarga alohida e’tibor beriladi. Statistik ko‘rsatkichlarga qaraydigan bo‘lsak, Yaponiyada erta yoshdagi bolalar ta’limi qamrovi darajasi yuqoriligi va sohadagi rahbar kadrlar tarkibi nisbatan yuqori malakaga ega ekanligiga guvoh bo’lamiz. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Yaponiyaning tizimli va madaniy jihatdan qo‘llab-quvvatnlangan yondashuvi maktabgacha ta’lim tizimida umumiy barqarorlik va sifatni ta’minlashga xizmat qiladi hamda xalqaro amaliyot uchun foydali ma’lumotlar beradi.
Fields of Study & Subjects
Education and Teacher Training
School Leadership and Teacher Performance
Teacher Education and Leadership Studies
Publication details
- Journal / source
- YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
- Volume
- 2
- Issue
- 1
- Pages
- 43–46
- Publication date
- 13 January 2026
- Language
- EN