VERBAL KOMMUNIKATSIYA ORQALI AUDITORIYA BILAN SAMARALI MULOQOT O‘RNATISH
Abstract
Tezisda auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatishda verbal kommunikatsiyaning o‘rni, mohiyati va psixologik-pedagogik jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Verbal kommunikatsiya o‘qituvchi, notiq yoki rahbar shaxsning auditoriyaga g‘oyaviy, emotsional va intellektual ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda til vositalarining semantik, pragmatik va stilistik qatlamlari orqali kommunikativ jarayonning samaradorligini oshirish omillari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, so‘zning energetik kuchi, uning axborot uzatishdagi va psixologik ta’sirchanlikdagi ahamiyati, auditoriya e’tiborini jalb etishning lingvopsixologik mexanizmlari ham nazariy va amaliy jihatdan izohlanadi.
Fields of Study & Subjects
Communication in Education and Healthcare
Linguistics and Discourse Analysis
Education
Innovation and Language Studies
Publication details
- Journal / source
- YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
- Volume
- 2
- Issue
- 1
- Pages
- 74–79
- Publication date
- 13 January 2026