ORGANIZMDAGI OKSIDLANISH STRESS HOLATIDA POLIFENOLLARNING ROLI
Abstract
Oksidlanish stressi - bu organizmda ortiqcha, xavfli miqdorda erkin radikallar mavjud bo'lgan holat. Odatda, bu molekulalar antioksidantlar deb nomlanuvchi maxsus birikmalar sinfi tomonidan neytrallanadi. Biroq, agar antioksidant konsentratsiyalari yetarli bo'lmasa yoki erkin radikal jarayonlar haddan tashqari rag'batlantirilsa, muvozanatsizlik yuzaga keladi, oksidlanish reaksiyalariga moyillik paydo bo'ladi, bu oksidlanish stressi deb ataladigan hujayralarga zarar yetkazuvchi omil hisoblanadi. Ko'p miqdorda qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish, jismoniy faollikning sustligi va makro va mikroelementlarning ozuqaviy yetishmasligi oksidlovchi stressning sabablari bo'lib, bu esa inson tanasida yallig'lanish reaksiyalarini qo'zg'atadi.Organizmda oksidativ stressdan himoyalovchi asosiy vositalar bu antioksidatlar hisoblanadi.Polifenollar ham xuddi shunday antioksidantlar qatorigakiritish mumkin. Polifenollar tanani ultrabinafsha nurlanishi va patogenlardan himoya qilishda rol o'ynaydigan ikkilamchi o'simlik metabolitlaridir.
Fields of Study & Subjects
Phytochemicals and Antioxidant Activities
Antioxidant Activity and Oxidative Stress
Exercise and Physiological Responses
Publication details
- Journal / source
- YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
- Volume
- 2
- Issue
- 2
- Pages
- 19–22
- Publication date
- 27 January 2026