MURAKKAB MUHITDAN KELGAN YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA FUQAROLIK JAMIYATINING IJTIMOIY-FALSAFIY RO`LI
Abstract
Mazkur tezisda yoshlar tarbiyasida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni hamda murakkab ijtimoiy muhitdan kelgan yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalasi ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Muammoning dolzarbligi globallashuv, axborot oqimlarining kuchayishi, diniy-ekstremistik tahdidlar va ijtimoiy beqarorlik sharoitida yoshlarning ma’naviy barqarorligini ta’minlash zarurati bilan asoslanadi. Tadqiqotda sog‘lom turmush tarzi biologik holat emas, balki shaxsning ijtimoiy faolligi, axloqiy mas’uliyati va ma’naviy qadriyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hodisa sifatida talqin etiladi. Fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim muassasalari va mahalla tizimi o‘rtasidagi hamkorlik yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash va ularning shaxsiy kamolotini qo‘llab-quvvatlashda muhim omil ekanligi asoslab beriladi.
Fields of Study & Subjects
Values and Moral Education
Philosophy
Sociology
Political Theory
Adolescent Health and Behaviors
Publication details
- Journal / source
- YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
- Volume
- 2
- Issue
- 2
- Pages
- 103–106
- Publication date
- 27 January 2026