ANIMATSION FILMLAR TARJIMASIDA LINGVOPRAGMATIK OMILLAR: QIYOSIY TADQIQOT
Abstract
Ushbu maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi animatsion filmlar tarjimasining lingvopragmatik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqotda humor, so‘z o‘yinlari, realiyalar, kinoya, metafora va personajga xos nutq kabi pragmatik birliklarning uch tilda qanday tarjima qilinishi o‘rganildi. Audiovizual tarjimaga xos multimodal omillar - vizual tasvir, intonatsiya, harakat va emotsional signalning tarjima jarayoniga ta’siri ham ko‘rib chiqildi. Natijalar ingliz–rus tarjimasida pragmatik ekvivalentlikning yuqori darajada saqlanishini, o‘zbekcha tarjimada esa madaniy moslashtirish, soddalashtirish va funksional ekvivalentlik strategiyalari ustuvorligini ko‘rsatdi. So‘z o‘yinlari va realiyalar tarjimasida eng ko‘p yo‘qotishlar qayd etildi, kinoya va multimodal humor esa tillar kesimida turlicha transformatsiyaga uchradi. Tadqiqot animatsion filmlar tarjimasida lingvopragmatik ekvivalentlikni ta’minlash ko‘p omilli jarayon bo‘lib, tarjimonning madaniy va multimodal kompetensiyasini talab qilishini namoyon etdi.
Fields of Study & Subjects
Translation Studies and Practices
Subtitles and Audiovisual Media
Language and Culture
Publication details
- Journal / source
- YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
- Volume
- 2
- Issue
- 2
- Pages
- 139–144
- Publication date
- 27 January 2026