SIYOSIY KOMMUNIKATSIYADA EVFEMIZMLARNING AUDITORIYAGA TA’SIRI

Read full text
Authors: Jabborova Aziza Jobirovna
Cited by: 0

Abstract

Bu maqola siyosiy kommunikatsiyada evfemizmlarning auditoriyaga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda evfemizmlar siyosiy nutqda salbiy yoki noqulay voqeliklarni yumshatib ifodalash orqali auditoriya hissiy holatiga va nutqning qabul qilinishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida ingliz va o‘zbek siyosiy diskursiga mansub ommaviy auditoriyaga yo‘naltirilgan rasmiy nutqlar tanlangan. Tahlil jarayonida diskursiv, lingvopragmatik va qiyosiy metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, evfemizmlar auditoriyada keskin salbiy reaksiya paydo bo‘lishining oldini olish, ijtimoiy muvozanatni saqlash va siyosiy nutqning ta’sirchanligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, evfemizmlardan haddan tashqari yoki noo‘rin foydalanish auditoriyada ishonchsizlik va yashirin norozilikni keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi. Maqolada evfemizmlarning auditoriyaga ta’siri ingliz va o‘zbek siyosiy diskursi misolida qiyosiy yoritiladi.

Fields of Study & Subjects

Swearing Euphemism Multilingualism Cultural and political discourse analysis Linguistics and Discourse Analysis

Publication details

Journal / source
YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
Volume
2
Issue
2
Pages
145–149
Publication date
27 January 2026