BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA METODIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH: ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Read full text
Authors: Abduvohid Abduvahobovich Isaqov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda metodik kompetensiyani rivojlantirish masalasi zamonaviy pedagogik yondashuvlar nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Metodik kompetensiyaning mazmuni, tarkibiy komponentlari hamda uni shakllantirish va takomillashtirishda samarali bo‘lgan yondashuvlar ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Tadqiqotda multisensorli ta’lim tamoyili hamda immersiv texnologiyalarning (VR va AR) metodik kompetensiyani rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Natijalar multisensorli va immersiv yondashuvlar bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tafakkuri, amaliy-metodik mahorati va reflektiv faoliyatini kuchaytirishini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida pedagog kadrlar tayyorlash tizimida zamonaviy raqamli va multisensorli ta’lim texnologiyalarini metodik tayyorgarlik dasturlariga integratsiya qilish istiqbolli yo‘nalish sifatida asoslangan.

Fields of Study & Subjects

Education Methods and Technologies Educational Methods and Teacher Development Vocational Education and Training

Publication details

Journal / source
YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
Volume
2
Issue
2
Pages
213–217
Publication date
27 January 2026