ZAMONAVIY MUZEY EKSPOZITSIYALARIDA INTERAKTIV TEXNOLOGIYALARNING ILMIY - AMALIY AHAMIYATI

Read full text
Authors: Nilufar Sayidova
Cited by: 0

Abstract

Muzeylar jamiyat hayotida muhim ilmiy-ma’rifiy institut sifatida faoliyat yuritib, tarixiy va madaniy yodgorliklarni o‘rganish, saqlash hamda keng jamoatchilikka yetkazish vazifasini bajaradi. Ular milliy merosni asrab-avaylash bilan birga, uni ilmiy asosda tadqiq etish va targ‘ib qilish orqali jamiyatning ma’naviy va madaniy rivojiga xizmat qiladi. Mazkur maqolada zamonaviy muzey ekspozitsiyalarida interaktiv texnologiyalardan foydalanishning ilmiy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Raqamli, multimedia, virtual va kengaytirilgan reallik vositalari orqali muzeylarning ilmiy-ta’limiy, kommunikativ va tarbiyaviy funksiyalarini kuchaytirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv texnologiyalarning tashrif buyuruvchilarning idrok etish jarayoni va muzey muhitidagi faol ishtirokiga ta’siri ochib beriladi. Tadqiqot natijalari interaktiv yondashuvlarning muzeyshunoslik fanini rivojlantirish hamda madaniy merosni ommalashtirishdagi ahamiyatini asoslab beradi.

Fields of Study & Subjects

Museums and Cultural Heritage Art Technology and Culture Libraries and Information Services

Publication details

Journal / source
YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
Volume
2
Issue
2
Pages
307–310
Publication date
27 January 2026