VERBAL KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA MADANIY VA IJTIMOIY KONTEKSTNING ROLI

Read full text
Authors: Temurbek Ismoilov
Cited by: 0

Abstract

Tezisda verbal kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda madaniy va ijtimoiy kontekstning o‘rni kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy diqqat markazida insonning og‘zaki muloqot jarayonida til, madaniyat va ijtimoiy tajribaning o‘zaro ta’sir mexanizmlari hamda ularning shaxsning kommunikativ salohiyatiga ta’siri yoritiladi. Verbal kommunikativ kompetensiya insonning nutqiy, semantik, pragmatik va madaniy jihatdan moslashuvchan bo‘lishini taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan, madaniy kontekst — bu shaxs nutqida ifodalangan ijtimoiy qadriyatlar, me’yorlar, nutq etiketi va ramziy tizimlarning yig‘indisi bo‘lib, u kommunikativ jarayonning mazmunini shakllantiradi. Ijtimoiy kontekst esa shaxsning ijtimoiy mavqei, rollari, ijtimoiy guruhdagi maqomi va kommunikatsiya holatiga mos strategiyalar tanlash qobiliyatini belgilaydi.

Fields of Study & Subjects

Language Communication and Linguistic Studies Language and Culture Linguistic research and analysis

Publication details

Journal / source
YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
Volume
2
Issue
2
Pages
337–342
Publication date
27 January 2026