BIR MAVSUMDA BUG‘DOY VA PAXTA YETISHTIRISHNI TA’MINLAYDIGAN ELЕKTROTЕXNOLOGIYANING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Сардор Жамолиддин ўғли Назиров
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada bir mavsumda bug‘doy va paxta yetishtirishni ta’minlovchi resurs tejamkor elektrotexnologiyaning iqtisodiy samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqotlar 2024–2025 yillarda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani fermer xo‘jaliklari sharoitida olib borilib, urug‘larga ultrabinafsha nurlar (253,7 va 300 nm) hamda elektrofaollashtirilgan suv yordamida ishlov berish usuli qo‘llanilgan. Tajriba natijalari elektrotexnologiya qo‘llanilganda bug‘doy va paxta hosildorligi nazorat variantlariga nisbatan sezilarli darajada oshishini ko‘rsatdi. Iqtisodiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bir gektar maydonda bug‘doy va paxtani ketma-ket yetishtirishda elektrotexnologiyadan foydalanish 10,1 mln so‘m sof foyda olish imkonini beradi. Olingan natijalar mazkur texnologiyaning qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda istiqbolli ekanligini tasdiqlaydi.

Fields of Study & Subjects

Magnetic and Electromagnetic Effects Agricultural Development and Policies Plant Growth Enhancement Techniques

Publication details

Journal / source
YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
Volume
2
Issue
3
Pages
5–8
Publication date
14 February 2026