OʻZBEKISTONDA KOʻCHMAS MULK OBYEKTLARINI OMMAVIY BAHOLASH VA PROGNOZLASH MUAMMOLARI

Read full text
Authors: Jasur Xushvaqtov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ishda Oʻzbekistonda koʻchmas mulk obyektlarini ommaviy baholash va prognozlash tizimini joriy etishning nazariy-metodologik asoslari hamda amaliy muammolari tahlil qilingan. Ommaviy baholashning qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlari, ularning afzallik va cheklovlari qiyosiy jihatdan yoritilgan. Bozorni modellashtirishda additiv, multiplikativ, gibrid va evristik modellar, shuningdek, sunʼiy neyron tarmoqlar asosidagi prognozlash usullaridan foydalanish imkoniyatlari koʻrib chiqilgan. Tadqiqotda kadastr maʼlumotlar bazasining toʻliqligi, narx axborotlarining ishonchliligi, chiziqli bo‘lmagan bogʻliqliklar va maʼlumotlardagi shovqin omillari asosiy muammo sifatida asoslangan. Oʻzbekistonda ommaviy baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish sharoitida maʼlumotlar sifatini oshirish, ekonometrik va mashinali oʻrganish modellarini integratsiyalash hamda indeksatsiya mexanizmini qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Urban Planning and Valuation Housing Market and Economics Forecasting Techniques and Applications

Publication details

Journal / source
YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
Volume
2
Issue
4
Pages
20–25
Publication date
26 February 2026
Language
UZ