OLIY TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING KONSEPTUAL FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMNING LOYIHASI
Abstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalar konseptual fikrlashini rivojlantirish mexanizmini loyihalash masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslanadi. Konseptual fikrlash talabalarning bilimlarni tizimlashtirish, tushunchalararo bog‘lanishlarni aniqlash, muammoli vaziyatlarda asosli qaror qabul qilish hamda reflektiv tahlil yuritish kompetensiyalarini shakllantiruvchi intellektual faoliyat turi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda konseptual fikrlashni rivojlantirish mexanizmini loyihalashning tarkibiy bosqichlari, pedagogik shart-sharoitlari hamda metodik vositalari tizimlashtirildi. Natijada konseptual fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi integrativ pedagogik model va uning samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqildi.
Fields of Study & Subjects
Education and Critical Thinking Development
Educational methodologies and cognitive development
Higher Education Teaching and Evaluation
Publication details
- Journal / source
- YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
- Volume
- 2
- Issue
- 4
- Pages
- 57–59
- Publication date
- 26 February 2026