AXBOROT MUHITIDA BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN TANQIDIY FIKRNI SHAKLLANTIRUVCHI ENG SAMARALI INTERFAOL METODLAR
Abstract
Ushbu tezisda, Axborot muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari uchun tanqidiy fikrni shakllantiruvchi eng samarali interfaol metodlar tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi, o‘quv jarayonini yanada interfaol va samarali qilish imkoniyatini yaratmoqda. Tanqidiy fikrlash, o‘quvchilarning analitik qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu metodlar orasida guruhli munozaralar, loyiha asosidagi o‘qitish va simulyatsiyalar kabilar alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, interfaol metodlarning ta’siri misollar bilan ko‘rsatilib, ularning ingliz tilini o‘qitishda qanday qilib tanqidiy fikrni shakllantirishga yordam berishi haqida ma’lumotlar beriladi. O‘qituvchilar uchun yangi yondashuvlarni qo‘llash orqali ta’lim jarayonini sifatli darajaga olib chiqish va talabalarni faol ishtirok etishga undash mumkinligi ko‘rsatiladi. Tezisning asosiy maqsadi, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik kompetensiyalarini oshirishdir.
Fields of Study & Subjects
Education and Critical Thinking Development
Foreign Language Teaching Methods
Education
Innovation and Language Studies
Publication details
- Journal / source
- YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR
- Volume
- 2
- Issue
- 4
- Pages
- 86–89
- Publication date
- 26 February 2026
- Language
- UZ