Granulematoz poliangiitni erta tashxislash va davolash samaradorligining statistik tahlili

Read full text
Authors: Dilfuza Berdiyeva, Sitorabonu Nurilloyeva, Sunnatillo Sayitov
Cited by: 0

Abstract

Granulematoz poliangiit (GPA) – mayda va o‘rta kalibrli qon tomirlarni zararlovchi, nekrotik vaskulit va granulematoz yallig‘lanish bilan kechuvchi kam uchraydigan autoimmun kasallikdir. Kasallik asosan nafas yo‘llari va buyraklarni zararlaydi hamda o‘z vaqtida tashxislanmasa, og‘ir asoratlar va yuqori o‘lim ko‘rsatkichlariga olib keladi. Ushbu maqolada granulematoz poliangiit bilan kasallangan bemorlarda kasallikni erta tashxislash va zamonaviy davolash usullarining samaradorligi statistik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari erta tashxis qo‘yilgan bemorlarda klinik remissiyaga erishish ko‘rsatkichi yuqoriroq ekanligini ko‘rsatdi.

Fields of Study & Subjects

Vasculitis and related conditions Otitis Media and Relapsing Polychondritis Autoimmune and Inflammatory Disorders

Publication details

Journal / source
Профилактическая медицина и здоровье
Volume
5
Issue
1
Pages
260–264
Publication date
20 January 2026
Language
UZ