QOVOQ URUG'INING BIOKIMYOVIY TARKIBI VA BIOLOGIK AHAMIYATI
Abstract
Qovoq urug‘i yuqori biologik va ozuqaviy qiymatga ega bo‘lgan tabiiy xomashyo hisoblanadi. Ushbu sharh maqolada qovoq urug‘ining kimyoviy tarkibi, biologik faol moddalari, oziqaviy va farmatsevtik ahamiyati hamda urug‘larning morfologik, biokimyoviy farqlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari urug‘ tarkibida yuqori miqdorda yog‘, oqsil, uglevod, to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalari, karotinoidlar, tokoferollar, fitosterollar, polifenollar, kukurbitasinlar, vitaminlar, minerallardan magniy, fosfor, kaliy, natriy, kaltsiy, temir, mis, marganes, rux, selen kabilar mavjudligini ko‘rsatdi. Qovoq urug‘i yallig‘lanishga qarshi, immunomodulyator, kardioprotektiv, antioksidant, antidepressant, antigelmintik, neyroprotektiv xususiyatga ega bo‘lgan bioaktiv birikmalarni o‘z ichiga olgani sababli katta biologik va iqtisodiy ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Engineering and Agricultural Innovations
Economic and Industrial Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 2 January 2026
- Language
- UZ