MASOFAVIY TA'LIMNING O'QUVCHILARNING KOGNETIV O'ZLASHTIRISHIGA TA'SIRI OMILLARI.

Read full text
Authors: Oydina Botirova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada masofaviy ta’lim sharoitida o‘quvchilarning bilimlarni kognitiv o‘zlashtirish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Jumladan, raqamli texnologiyalarning samarali qo‘llanilishi, o‘quv materiallarining didaktik tuzilishi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv aloqalar, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari hamda motivatsion omillarning roli ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda masofaviy ta’limning kognitiv jarayonlar — idrok, xotira, tafakkur va diqqatga ta’siri baholanib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar masofaviy ta’lim sifatini yaxshilash va ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan holda tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Medical Sociocultural and Biopolitical Studies Economic and Industrial Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
2 January 2026