VIRTUAL LABORATORIYALAR YORDAMIDA FIZIKA TAJRIBALARINI O'QITISHNING SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Timur Olimov, Javohir Axmatov
Cited by: 0

Abstract

ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda virtual laboratoriyalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Virtual tajribalar o‘quvchilarga murakkab fizik hodisalarni xavfsiz, aniq va vizual tarzda o‘rganish imkonini beradi. Tadqiqot davomida raqamli simulyatorlar yordamida tajriba o‘tkazish jarayonining afzalliklari, o‘quvchilarning motivatsiyasiga ta’siri hamda o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, real laboratoriya jihozlari yetishmaydigan ta’lim muassasalarida virtual laboratoriyalarning muqobil yechim sifatidagi ahamiyati asoslab beriladi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Engineering and Agricultural Innovations Economic and Industrial Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
3 January 2026