OʻZBEKISTONDA YURIDIK SOHA UCHUN MILLIY RAQAMLI HUQUQIY MA'LUMOTLAR AVTOMATIK PROGNOZLASH TIZIMINI YARATISH
Abstract
Zamonaviy jamiyatda hayot sur’ati tezlashgan sari tez va aniq boʻlgan ma’lumotlar tizimi har bir soha uchun juda kerakli omilga aylanib bormoqda. Huquq sohasi ham shular jumlasidandir. Ushbu maqola prognozlash, avtomatik prognozlash tizimi, yuridik sohada raqamli ma’lumotlarning muhimligini koʻrib chiqadi. Misollar orqali raqamlashtirish yuridik boʻlimlar ishini qanday boshqarayotganini koʻrsatadi. Shu bilan birga Oʻzbekistonda raqamlashtirish dasturlarni rivojlantirish va qoʻllab- quvvatlash boʻyicha hozirgi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasi hamda ularni tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlari toʻgʻrisida ham atroflicha toʻxtalib oʻtiladi. Shuningdek, hozirgi oʻzgarib borayotgan huquqiy landshaftda raqamli huquqiy prognozlash tizimining ahamiyati hamda iste’molchilar va hukumatga, shuningdek, ushbu sohadagi mutaxassislarga ham qay darajada muhimligiga urgʻu beradi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Economic and Industrial Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 3 January 2026