CHO'LPONNING "KECHA VA KUNDUZ" ROMANIDA MILLIY UYG'ONISH, SHAXS DRAMASI VA JAMIYAT INQIROZI TALQINI

Read full text
Authors: Dilafruz Xabibullo qizi Boydullayeva
Cited by: 0

Abstract

Maqolada Cho‘lponning “Kecha va Kunduz” romani o‘zbek adabiy tafakkuri taraqqiyotidagi muhim bosqich sifatida tahlil qilinadi. Unda asarning g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasi, “kecha” va “kunduz” metaforalarining ramziy-semantik talqini, shaxs dramasi va jamiyat inqirozi o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik ilmiy nuqtayi nazardan sharhlanadi. Roman qahramonlari – Zebi, Razzoqsoʻfi, Qurbonbibi obrazlari orqali milliy uyg‘onish, ma’naviy izlanish, ayolning ijtimoiy mavqei, shaxs erkinligi va ijtimoiy bosim ziddiyatlari badiiy-falsafiy tahlil qilinadi. Shuningdek, asarda mustamlaka davri ruhiyati, ma’rifatparvarlik g‘oyalari va millatning o‘zligini anglash jarayoni psixologik tasvir vositasida ochib berilgani ko‘rsatiladi. Maqola Cho‘lpon romanining o‘zbek romanchiligini psixologik realizm, ramziy ifoda va falsafiy mazmun jihatdan yangi bosqichga olib chiqqan asar sifatida ilmiy asosda yoritadi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Medical Sociocultural and Biopolitical Studies Economic and Industrial Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
3 January 2026
Language
UZ