XORAZM VILOYATIDA SANOAT SEKTORI RIVOJLANISHINING MINTAQAVIY IQTISODIYOT TARKIBIY O'ZGARISHLARIGA TA'SIRI (2013–2023-YILLAR)

Read full text
Authors: Yuldosheva Dilsora Kamolbek qizi
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada 2013–2023-yillar davomida Xorazm viloyatida sanoat sektori rivojlanishining mintaqaviy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasiga ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida rasmiy statistik ma’lumotlar asosida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining uzoq muddatli dinamikasi, tumanlar kesimidagi hududiy tafovutlar hamda sanoat rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan. O‘tkazilgan tahlillar natijalari Xorazm viloyatida sanoat ishlab chiqarish hajmlarining barqaror o‘sish tendensiyasiga ega ekanini, biroq hududlar bo‘yicha rivojlanish darajasi notekisligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Urganch shahri va Tuproqqal’a tumani viloyat sanoat rivojlanishining yetakchi markazlari sifatida ajralib turadi. Shu bilan birga, ayrim tumanlarda sanoat ishlab chiqarish sur’atlarining nisbatan pastligi hududiy rivojlanish darajasidagi farqlarni saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari sanoat sektorining viloyat iqtisodiyotidagi ulushi ortib borayotganini va bu jarayon tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirayotganini tasdiqlaydi. Olingan xulosalar mintaqaviy iqtisodiy siyosatni takomillashtirish, hududlararo tafovutlarni kamaytirish va sanoat rivojlanishini muvozanatlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Medical Sociocultural and Biopolitical Studies Economic and Industrial Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
4 January 2026