TIJORAT BANKLARI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada tijorat banklari xizmatlarini rivojlantirish jarayonida sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining ahamiyati, funksional imkoniyatlari va amaliy qo‘llanilish mexanizmlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida SI asosidagi yechimlarning kreditlash jarayonlarida qaror qabul qilish sifatini oshirish, mijozlarning to‘lovga layoqatini aniqlash va kredit risklarini kamaytirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida chat-botlar, virtual yordamchilar va shaxsiylashtirilgan moliyaviy mahsulotlar orqali xizmatlar tezkorligi hamda qulayligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining risklarni boshqarish, firibgarlik holatlarini erta aniqlash va moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlashdagi ahamiyati alohida e’tiborga olinadi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni (big data) qayta ishlash, mashinaviy o‘rganish algoritmlarini qo‘llash va intellektual tahlil tizimlaridan foydalanish orqali banklarning operatsion samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish hamda boshqaruv qarorlarining aniqligini kuchaytirish imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi.
Fields of Study & Subjects
Economic and Industrial Development
Education
Innovation and Language Studies
Water and Wastewater Treatment
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 4 January 2026