FARZANDLARNI YO'G'RI TARBIYALASH: MOTIVATSIYA VA O'ZIGA ISHONCHNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada farzandni to‘g‘ri tarbiyalash jarayonida motivatsiya va o‘ziga ishonchni shakllantirishning psixologik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Bolalik davrida ichki motivatsiya va o‘ziga bo‘lgan ishonchning rivojlanishi shaxsning kelajakdagi ijtimoiy moslashuvi, mustaqil fikrlashi va ruhiy barqarorligi uchun muhim omil hisoblanadi. Maqolada yetakchi psixologlarning nazariyalari asosida ota-onaning tarbiyaviy uslubi, ijobiy rag‘batlantirish, emotsional qo‘llab-quvvatlash hamda xatolarga to‘g‘ri munosabat bildirishning bolaning shaxs sifatida kamol topishidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, farzandlarda o‘ziga ishonch va ichki motivatsiyani rivojlantirishga qaratilgan samarali psixologik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Medical
Sociocultural
and Biopolitical Studies
Contemporary art
education
critique
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 4 January 2026